Fuqarolardan 6 mlrd 155 mln soʻmni aldab olgan “avtosalon egalari” qamaldi. Maʼlum boʻlishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy koʻchasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochilgan.
2022-yil 16-yanvardan 2023-yilning 2-avgust kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida ushbu jinoiy sheriklar “avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish”ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40.000.000 soʻmdan to 200.000.000 soʻmgacha boʻlgan juda koʻp miqdordagi, jami — 6.155.000.000 soʻmlik pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.
Xaridorlarni qabul qilishda esa ular goʻyoki “GM— Uzbekistan” bilan shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!