Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati 2-bosqich saralashining 4-turidan oʻrin olgan uchrashuvda Gong Kongga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz yirik hisobda zafar quchishdi.
20-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni ochgan boʻlsa, 63 -daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ikkitaga oshirdi. Oradan 8 daqiqa oʻtib Oston Oʻrunov hisobni yanada yiriklashtirdi.
4-turdan soʻng Oʻzbekiston MTJ 10 ochko toʻplagan holda, Erondan keyingi 2-oʻrinda boʻlib turibdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!