Sport

Futbol: Oʻzbekiston MTJ Gong Kongni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi

Futbol: Oʻzbekiston MTJ Gong Kongni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi
Foto: O’FA matbuot xizmati

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati 2-bosqich saralashining 4-turidan oʻrin olgan uchrashuvda Gong Kongga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz yirik hisobda zafar quchishdi. 

20-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni ochgan boʻlsa, 63 -daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ikkitaga oshirdi. Oradan 8 daqiqa oʻtib Oston Oʻrunov hisobni yanada yiriklashtirdi. 

4-turdan soʻng Oʻzbekiston MTJ 10 ochko toʻplagan holda, Erondan keyingi 2-oʻrinda boʻlib turibdi.