Germaniyada shaxmat bo‘yicha «Chess Classic and Open 2024» xalqaro turniri start oldi
Germaniyaning Grenke shahrida 26-martdan 1-aprelga qadar shaxmat bo‘yicha «Chess Classic and Open 2024» turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzChess xabar bermoqda.
Bu Yevropadagi eng mashhur turnirlardan biri boʻlib, unda jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen va amaldagi jahon chempioni Ding Liren ishtirok etadi. Musobaqa bugun boshlanib 1-aprel sanasiga qadar Germaniyaning Grenke shahrida bo’lib o’tadi.
Musobaqa aylanma tizimda o’tkazilib qatnashchilar boshqa ishtirokchilarning har biri bilan 2 tadan o’yin o’tkazishadi. Turnirning bir kunida ikki tur o’yinlar o’tkaziladi. O’yinlar «tez klassik» vaqt nazoratida bo’lib, butun o’yin uchun 45 daqiqa va har bir yurish uchun 10 sekund qo’shib beriladi.