Jahon

Mumbay Osiyoning yangi «milliarder poytaxti»ga aylandi

Mumbay Osiyoning yangi «milliarder poytaxti»ga aylandi

Hindistonda atigi 271 milliarder bo’lib, ulardan 92 tasi Mumbay shahrida joylashgan.

Shanxayda joylashgan Hurun tadqiqot instituti maʼlumotlariga koʻra, 92 milliarderga ega Mumbay Pekinni ortda qoldirib, Osiyo qitʼasidagi eng koʻp milliarderga ega shaharga aylandi.

Shuningdek, ro’yxatda Nyu-York 119 milliarder bilan birinchi, London esa 97 ta bilan ikkinchi, Mumbay 92 milliarder bilan dunyoda uchinchi o’rinda qayd etilgan.

Mamlakatlar bo‘yicha baholansa, Xitoy 814 milliarder bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi, biroq ularning soni 2022-yilga nisbatan 155 kishiga kamaygani qayd etilgan.

Qo’shma Shtatlar milliarderlar reytingida 800 milliarder bilan ikkinchi o’rinda turadi.

Ta’kidlash joiz, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalari AQSh iqtisodiyotida yetakchiga aylandi. AQShning chip ishlab chiqaruvchi Nvidia bosh direktori Jensen Xuang 48 milliard dollar boyligi bilan ro’yxatning birinchi 30 taligiga kirgan.

Undan tashqari, Google, Meta va Microsoft egalarining boyligida sezilarli o’sish kuzatildi. Texnologik sohadagi boylikning o‘sishidan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning boyligi 1,2 milliard dollargacha oshgani e’tiborga molik.