Madaniyat

Oʻzbekistondagi binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi

Oʻzbekistondagi binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hukumat qarori bilan respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan 160 ga yaqin mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi.

Bu roʻyxatga kiritilgan obyektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan soʻng amalga oshiriladi.