Bosh prokuratura huzuridagi Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan tuman ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish sohasida nazorat inspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.G” MCHJ masʼul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz “Kumushkent” va “Xalqobod” MFY chegarasidan oqib oʻtuvchi Oqdaryo daryosi muhofaza zonasi hududidan “SANY” rusumli ekskavator yordamida jami 13 ming kub hajmdagi qum-shagʻal xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari B.E. “Zarafshon” massivi hududidan baliqchilik xoʻjaligini tashkil qilish uchun ajratilgan 11 gektar yer maydonidan hech qanday hujjatsiz jami 9,5 ming kub hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olganligi, shuningdek tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻirlik yoʻli bilan ulanib, 177,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!