Yangiliklar

Termizda gaz tarmogʻiga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSH dollari talab qilgan boʻlim boshligʻi ushlandi

Termizda gaz tarmogʻiga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSH dollari talab qilgan boʻlim boshligʻi ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Termizshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi  evaziga 700 AQSH dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 mln soʻm talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.