Iqtisod

2024-yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaruvchilar 6 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

2024-yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaruvchilar 6 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlagan
Foto: Soliq qo’mitasi

2024-yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 65 573 ta yuridik shaxs tomonidan 6,5 trln soʻmdan ziyod soliq toʻlangan. Shundan 2,7 trln soʻmi 20 ta soliq toʻlovchi hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning tovar aylanmasi qariyb 24,5 trln soʻm, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 193 mlrd soʻmdan oshgan. 

Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

  • QQS – 838,7 mlrd soʻm; 
  • aksiz soligʻi – 768,5 mlrd soʻm;
  • yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq – 389,4 mlrd soʻm;
  • JSHODS – 155,4 mlrd soʻm; 
  • ijtimoiy soliq – 152,1 mlrd soʻm; 
  • foyda soligʻi – 130,8 mlrd soʻm;
  • mol-mulk soligʻi – 102,6 mlrd soʻm;
  • yer soligʻi – 80,1 mlrd soʻm;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 15,7 mlrd soʻm;
  • boshqa soliqlar – 72,5  mlrd soʻm.

*NKMK va OKMK AJdan tashqari.