Yangiliklar

29-mart kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi

29-mart kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi.

Bu Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.

“Avtomobilsiz kun”ni oʻtkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.