Yangiliklar

Namanganda ikki avtomashina yonib ketdi

Namanganda ikki avtomashina yonib ketdi

26-mart kuni soat 16:00larda 4R-116 (Davlat ahamiyatiga molik) “Namangan-Uychi-Uchqoʻgʻon” yoʻlining 28-kilometri chorrahasida “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan “Nexia” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida ikki avtomashinada yongʻin chiqib, avtomashinalar toʻliq yonib, zararlangan.

“Spark” haydovchisi “tizzasi lat yeyishi”, “Nexia” haydovchisi “chap oyogʻi lat yeyishi”, ikki nafar yoʻlovchilar ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida vafot etganlar yoʻq.