Yangiliklar

Respublikaning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Respublikaning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

28-martdan 2-aprelgacha kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.