Yangiliklar

29-mart kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv oʻchiriladi

29-mart kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv oʻchiriladi

29-mart kuni issiq suv taʼminotida bir kunlik uzilish kuzatiladi. Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini moʻljallangan harorat boʻyicha sinovdan oʻtkazish zarur hisoblanadi.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yoʻllar va yoʻlaklarga oqib chiqishi mumkin. 

Manzillar:

Amir Temur, Mustaqillik shoh koʻchalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo Gʻulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yoʻli, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyogʻoch, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod koʻchalari, M-1,2,4,5,7 Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.