27-mart kuni Lacetti avtomashinasi haydovchisi, avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq oʻrnatib, oʻzi va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, qarama-qarshi harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Mazkur video oʻrganilib, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatan MJTKning 128⁵ -135- moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Haydovchi “prava”ga ega boʻlmaganligi sababli, unga MJTKning 135-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!