Yangiliklar

Avtomashinaga miltillovchi chiroq oʻrnatib, yoʻlda qarama-qarshi harakatlangan haydovchi jazolandi

Avtomashinaga miltillovchi chiroq oʻrnatib, yoʻlda qarama-qarshi harakatlangan haydovchi jazolandi

27-mart kuni Lacetti avtomashinasi haydovchisi, avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq oʻrnatib, oʻzi va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, qarama-qarshi  harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. 

Mazkur video oʻrganilib, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatan MJTKning 128⁵ -135- moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Haydovchi “prava”ga ega boʻlmaganligi sababli, unga MJTKning 135-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.