Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 19,95 soʻmga koʻtarilib, 29-martdan boshlab 12 620,09 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yevro kursi 42,76 soʻmga pasayib, jumadan 13 599,41 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,81 soʻmga koʻtarilib, 29-martdan rublning rasmiy kursi 136,73 soʻmni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!