Yangiliklar

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Bugun Sudyalar oliy kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.