Jahon

HAMAS xalqaro tashkilotlarni ogohlikka chaqirdi

HAMAS xalqaro tashkilotlarni ogohlikka chaqirdi

Falastin harakati Isroil G‘azo sektorida “Falastin xalqiga qarshi shafqatsiz genotsid urushi” olib borayotganini ta’kidladi.

HAMAS barcha xalqaro sud institutlarini, xususan, Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) va BMTni Falastin xalqini muntazam ravishda o’ldirishni to’xtatish uchun shoshilinch choralar ko’rishga chaqirdi.

Al-Jazira kanali tomonidan chop etilgan kadrlarda Isroil askarlari G‘azo sektori shimolida o‘z uylariga qaytishga urinayotgan ikki falastinlikka qarata o‘t ochgani ko‘rsatilgan. Unda isroillik harbiylar ikki falastinlikning jasadini buldozerlarda sudrab olib, “harbiy jinoyat”ni yashirish uchun qumga ko‘mgan.

Bayonotda Isroil G‘azo sektorida “Falastin xalqiga qarshi shafqatsiz genotsid urushi” olib borayotgani qayd etilgan.

“Biz barcha xalqaro sud institutlarini, xususan, ICC va BMTni xalqimizni muntazam ravishda o‘ldirishni to‘xtatishga hamda ushbu jinoiy rejim va harbiy jinoyatchi yetakchilarini bolalar va himoyasiz tinch aholiga qarshi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz. ”, – deyiladi bayonotda.

Isroilning G‘azo sektoriga qilgan hujumlarida 2023-yil 7-oktabrdan beri 32 490 falastinlik halok bo‘ldi, ulardan kamida 14 280 nafari bolalar va 9 340 nafari ayollar, 74 889 nafari yaralangan.

Minglab halok bo’lganlarning jasadi hanuz vayronalar ostida qolmoqda, odamlar boshpana topgan kasalxonalar va ta’lim muassasalarining o’qqa tutilishi natijasida fuqarolik infratuzilmasi ham vayron bo’lmoqda.