2024-yil yanvar-fevral oylarida 15 481 ta oʻrta tadbirkorlik subyekti tomonidan 3,4 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 141,5 mlrd soʻmi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 353,9 mlrd soʻmni oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari 5,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
TOP-20 oʻrta tadbirkorlik subyektlari infografikada.
Ular tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 74,1 mlrd soʻm;
- foyda soligʻi – 28,6 mlrd soʻm;
- JSHODS – 15,4 mlrd soʻm;
- aksiz soligʻi – 9,3 mlrd soʻm;
- ijtimoiy soliq – 7,6 mlrd soʻm;
- boshqa soliqlar – 6,5 mlrd soʻm.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!