O‘zbekiston

O’zbekiston Milliy gvardiyasining ishga olish tartibi

O’zbekiston Milliy gvardiyasining ishga olish tartibi

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi  O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tarkibidagi huquqni muhofaza qiluvchi harbiy tuzilma hisoblanadi.

O’zbekiston milliy gvardiyasi qo’riqlash bosh boshqarmasi faoliyatiga oid qonunchilikka kiritilgan so’nggi o’zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida navbatdagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi xavfsizligini taminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda ichki qo’riqlash kabi vazifalarni amalga oshirayotan O’zbekiston Milliy gvardiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi, ichki tartibi, qonun qoidalari, shuningdek ishga olish tartibi xususida so’z bordi.

Xabaringiz bor so’nggi yillarda mamlakatimizda, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni faoliyatini yanada takomillashtirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolarning mol-mulkini taminlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Xususan bu yo’nalishda alohida vazifalar milliy gvardiyaning bosh boshqarmasiga yuklatilgan va manashu yo’nalishda qator yangiliklar, o’zgarishlar kuzatilyapti.