Jahon

Qozog‘istonda kuchli suv toshqini yuzaga keldi

Qozog‘istonda kuchli suv toshqini yuzaga keldi

Qozog‘istonning ayrim viloyatlarida yig‘ilgan qorlarning erishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan.

Kecha, 27-mart kuni mamlakatning bir qancha viloyatlarida: Abay, Uralsk, G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be viloyati, Oqmo‘lada favqulodda holat e’lon qilindi.

“Jami 600 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi”, deydi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vaziri Chingiz Arinov.

Qayd etilishicha, Aqto‘be shahrida Aliya Moldagulova nomidagi xalqaro aeroport suv toshqini tufayli yopilgan. Aeroport boshqaruvi raisining aytishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagi suvga to‘lgan. Shu sababli o‘ndan ortiq reyslar kechiktirildi.

G‘arbiy Qozog‘iston hokimligining ma’lum qilishicha, Qorato‘bin tumanida vaziyat yanada murakkablashgan, Korjin qishlog‘ini suv bosgan.