Jahon

Ramazon ularni o‘ldirish uchun eng yaxshi vaqt – Isroil deputati

Ramazon ularni o‘ldirish uchun eng yaxshi vaqt – Isroil deputati

Knesset a’zosi Almog Koen Isroil hukumatini 1,5 millionga yaqin falastinlik boshpana olayotgan Rafah shahriga quruqlikdan hujum uyushtirishga chaqirdi. Bu haqda u Isroilning «Channel 14» telekanalida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Deputat Almog Koen G‘azo sektorining Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazishga chaqirib, Ramazon oyi falastinliklarni o‘ldirish uchun eng yaxshi vaqt ekanini aytdi.

Falastinliklar boshpana olayotgan Rafah shahriga ehtimoliy quruqlik hujumlariga izoh berar ekan, Koen “bu qaror Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga tegishli”, dedi.

“Ramazon ularni o’ldirish uchun eng yaxshi vaqt. Ular charchagan va zaiflashgan. Men ularga emas, birodarlarimga (isroillik asirlarga) achinaman. Men Bosh vazirni (Netanyaxu) Rafahga quruqlik orqali kirib, ularni o‘ldirishga chaqiraman”, — dedi Isroil qonunchisi.