Yangiliklar

Surxondaryoda sodir boʻlgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Surxondaryoda sodir boʻlgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

27-mart kuni soat 15:40larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani “Nilu” mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-107 avtomobil yoʻlining 21-kilometrida 1983-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaro (ayol kishi) “Nexia-3” rusumli avtomobilda “Sangardak-Denov” yoʻnalishida harakatlanayotib, tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketib transport vositasi beton toʻsiqqa urilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Yoʻl-transport hodisasi ortidan avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Mazkur YTH hamda yongʻin natijasida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilda boʻlgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) ogʻir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.