Yangiliklar

Uchta viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchta viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Z.Ch.” xususiy korxonasi savdo doʻkonida fuqaro M.Sh. noqonuniy darmad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 192 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.A.ga 690 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan yana 22 xil turdagi jami 3 613 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda YATT  Q.O. “Navo” MFY hududidagi  savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro A.I. jami 42 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini hamda oʻtkir hidli mumsimon moddani Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.