Xitoy vodorodda harakatlanadigan birinchi mahalliy poyezdni muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazdi.
Ushbu tarixiy sinov Jilin provinsiyasining Chanchun shahrida bo‘lib o‘tdi. «CRRC Changchun Railway Vehicles» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan poyezd to‘liq yuklanganda soatiga 160 kilometr tezlikka erishdi.
Qazib olinadigan yoqilg‘ida yoki elektr uzatish liniyalarida ishlaydigan anʼanaviy poyezdlardan farqli o‘laroq, innovatsion Xitoy poyezdi vodorod bilan ishlaydigan harakatlantiruvchi tizimga ega.
«Vodorod energiyasi texnologiyasini temir yo‘l transportida qo‘llashda katta yutuq bo‘ldi», deydi ishlab chiqaruvchilar.
Sinov maʼlumotiga ko’ra, Vodorod poyezd har bir kilometrga atigi 5 kilovatt-soat energiya sarflagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!