Yangiliklar

Dam olish kunlari mamlakatda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda

Dam olish kunlari mamlakatda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni havo 14-17 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga oʻtar kechasi havo 0-5o iliqqacha boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharq tomondan esadi, bugun baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan oʻrtachagacha boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 29-31-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 29-martda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda harorat shanba kuni 12-14 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq boʻladi. Kechalari harorat 3-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.