Iqtisod

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,96 soʻmga koʻtarilib, 1-apreldan boshlab 12 628,05 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 17,42 soʻmga koʻtarilib, dushanbadan 13 616,83 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,31 soʻmga pasayib, 1-apreldan rublning rasmiy kursi 136,42 soʻmni tashkil etadi.