Har ikki davlat (O‘zbekiston va Qozog‘iston) o‘z fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi. Bu haqda Zakon.uz nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston Senati deputatlari 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan palata yalpi majlisida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Hujjat imzolash uchun prezidentga yuborilgan.
Hujjatga ko‘ra, har ikki davlat o‘z fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi.
Agar bir davlat fuqarosining ikkinchi davlat hududida bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, bu fuqaro o‘zi bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlaridan vaqtinchalik yashash (vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish) uchun ruxsatnoma olishi shart.
Qayd etilishicha, bayonnoma ratifikatsiya qilingan taqdirda uni amalga oshirish salbiy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi hamda davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!