Yangiliklar

Endilikda har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi

Endilikda har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi

Hukumat topshirigʻiga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga toʻgʻri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilindi.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va masʼul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna koʻrsatib borishi belgilandi.