Madaniyat

Oʻzbekiston Venetsiya biyennalesida qatnashadi

Oʻzbekiston Venetsiya biyennalesida qatnashadi

60-Venetsiya zamonaviy sanʼat biyennalesida Oʻzbekiston ham  milliy pavilioni bilan ishtirok etadi. Bu haqida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-aprel kuni Italiyaning Venetsiya shahrida 60-Venetsiya zamonaviy sanʼat biyennalesi ochiladi. Biyennale “Chet elliklar har yerda” mavzusi ostida tashkil etilmoqda. 

Pavilionda, shuningdek, Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi kuratorligida yaratilgan “Imkoniyatingni qoʻldan boy berma!” (Donʼt Miss the Cue!) koʻrgazmasi taqdim etiladi. Loyihada oʻzbekistonlik rassom Aziza Qodiriy ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Pavilion uchun koʻrgazma yaratish ustida “Qizlar Collective” moʻyqalam sohibalaridan iborat Toshkent guruhi ishlamoqda, deyiladi matbuot xizmati press-relizida.