Yangiliklar

Oʻzbekistonda 2024-yilning aprel oyi qanday boʻladi?

Oʻzbekistonda 2024-yilning aprel oyi qanday boʻladi?

Bu yil aprel oyi quruq va oʻrtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

Ushbu davrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli koʻproq. Tekislik hududlarda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 2-3-aprel kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Aprel oyi birinchi oʻn kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq boʻladi.

Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagacha oʻzgarib turadi.

Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻladi.