Jahon

Qozog’istonda toshqin talofatlari ortmoqda

Qozog’istonda toshqin talofatlari ortmoqda

Qozog‘istonda suv bosgan aholi punktlaridan ikki mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

Turkiston, Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlaridagi suv bosgan aholi punktlaridan 2054 kishi, jumladan, 613 nafar bola evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kazinform agentligi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va hududiy inspeksiya tomonidan 1 million 700 ming kub metrdan ortiq erigan suv chiqarilib, 82 mingdan ortiq qop va 20 ming 183 tonna inert material yotqizilgan. Qutqaruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari hamda jalb etilgan tashkilotlarning 6200 dan ortiq shaxsiy tarkibi, shuningdek, 1600 ga yaqin texnika, 630 ga yaqin suv nasoslari va suzuvchi texnika jalb etilgan.

«Jalb etilgan kuch va vositalar Aqto‘be, Oqmo‘la, Qo‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston va Abay viloyatlaridagi aholi punktlarida, Aqto‘be, Oqmo‘la, Qo‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston va Abay viloyatlaridagi 369 ta hovli maydonlarida suv bosgan 313 ta xususiy turar-joy binolaridan erigan suvlarni tortib olish ishlarini davom ettirmoqda,» deb xabar qildi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Undan tashqari, Turkiston, Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlaridagi suv bosgan aholi punktlaridan 2054 kishi, jumladan, 613 nafar bola evakuatsiya qilindi. Ulardan 960 nafari Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlaridagi aholi punktlari aholisi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida qolmoqda.