Jahon

AQSH Isroilga qo‘shimcha qurol yetkazib berishini ma’lum qildi

AQSH Isroilga qo‘shimcha qurol yetkazib berishini ma’lum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga milliardlab dollarlik bomba va qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1800 dan ortiq MK84 bombalari (vaznlari taxminan 900 kg) va 500 ta MK82 bombalari (vaznlari 227 kg)  qurollar paketidan o’rin olgan.

AQSh Isroilni harbiy hujumni to‘xtatishga chaqirgan paytda Prezident Jo Baydenning qurol bilan ta’minlash haqidagi qarori xalqaro tanqidga sabab bo’ldi.

Kecha, 29-mart kuni Bayden ko‘plab arab amerikaliklar G‘azodagi urush va AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashidan jabrlanganini tan oldi. Shu bilan birga, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan tobora keskin va ommaviy kelishmovchiliklarga qaramay, Isroilni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.