Qayd etilishicha, Fransiya razvedkasi mamlakat ichki ishlar vaziriga Markaziy Osiyo fuqarolariga e’tibor qaratishni kuchaytirish bo‘yicha xabar yuborgan.
“O‘tgan haftada biz odatda kuzatadigan Markaziy Osiyo fuqarolari orasida faollik oshganini ko‘rmoqdamiz”, — deyiladi razvedka xabarida.
Shu boisdan Fransiya xavfsizlik xizmatlari Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga ko‘proq e’tibor qaratishga qaror qildi. Hozirda Fransiyada terrochilik tahdidi maksimal darajaga ko‘tarilgan.
Eslatib o’tamiz, Parij oxirgi marta 2023-yilning oktyabr oyida XAMASning Isroilga hujumidan keyin tahdid darajasini maksimal darajaga ko‘targan edi.