Jahon

G’azoda bolalar majruh bo’lib qolmoqda

G’azoda bolalar majruh bo’lib qolmoqda

Isroil harbiylari eksklav shimolidagi Jebaliya qochqinlar lageriga hujum qilgan. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, Isroil armiyasining falastinlik qochqinlar lageriga taqiqlangan qurollardan foydalangan. Qochqinlar orasida to’rt yoshli Seja Junaid va bir qancha bolalar ushbu harbiy harakat chog’ida tanasi chuqur kuygan.

Jarohatlangan bolalar Al-Shifa tibbiyot majmuasi Isroil harbiylari tomonidan keng ko‘lamli reydga uchragach, Al-Aqsa shahidlari kasalxonasiga yuborilgan.

Kichkina falastinlik Seja Junaid Isroil tomonidan blokada ostidagi G’azo sektorini bombardimon qilish paytida kuchli kuyish jarohatlariga qaramay, hayot uchun kurashni davom ettirmoqda.

Qizcha otasining so‘zlariga ko‘ra, u qizini qo‘liga ko’tarib Dayr al-Bala shahridagi Al-Aqso shahidlari kasalxonasiga 8 soat davomida ko‘tarib kelgan.