Ma’lum bo’lishicha, buxorolik bo‘lgan ikki yigit sog‘lom bo‘la turib, dorixonadan nogironlik aravachasi sotib olishgan. Biri aravachada, biri unga hamrohlik qilib, jamoatchilik joylarida navbati bilan kun davomida tilanchilik qilishgan.

Ushbu holat hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining eʼtiboriga tushgan va ular bilan tekshiruv o’tkazilib, vaziyat aniqlanagn. So’ng, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi yigitlarning har biriga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3 moddasi (tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.