Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujumlar Ukraina energetika tizimiga qilingan hujumlarga javobdir. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy aytib o‘tdi.
“Agar bizning elektr tarmoqlarimizni himoya qilish uchun havo mudofaasi bo’lmasa va ruslar unga hujum qilsa, nega biz ularga javob bera olmaymiz? Ularning jamiyati benzinsiz, dizelsiz, elektrsiz yashashni o‘rganishi kerak. Bu adolatdan bo’ladi. Rossiya bu qadamlarni to‘xtatsa, biz ham to‘xtaymiz”, — dedi, Zelenskiy mahalliy OAVlarga.
Shu bilan birga, Zelenskiy AQShning bunga munosabati “ijobiy bo‘lmaganini”, ammo Vashington Ukrainaning o‘z ichki qurollarini joylashtirishni cheklay olmasligini ta’kidladi.
“Biz dronlarimizdan foydalandik. Hech kim bizga siz qila olmaysiz, deb aytolmaydi ”, – dedi u Vashingtonga munosabat bildirib.
Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali ATACMS-300 raketalari Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi nishonlarga, xususan, jiddiy zarar yetkazuvchi raketalar, aerodromlarga zarba bera oladi.
Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti joriy yilda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qarshi hujum o‘tkazish imkoniyatini istisno etmadi.
Ukraina bu yil yangi qarshi hujumni amalga oshirish uchun yangi brigadalarni qurollantirishi va tayyorlashi mumkin, deb hisoblaydi Ukraina rahbari.
«Agar siz yangi hujumga tayyorgarlik ko’rish uchun oldinga qadam tashlamasangiz, Rossiya hujum qiladi. Biz bu urushda shuni o‘rgandik: agar siz buni qilmasangiz, Rossiya qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!