Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro Gʻ.Yu. “Gulbahor” massivi hududidagi yer maydonida va fuqaro I.Z. “Toshloq” MFYdagi savdo doʻkonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 258,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Beruniy tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q-Q.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari fermer xoʻjaligining noturar binosida gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 144,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!