Yangiliklar

Elektromobillarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda imtiyoz beriladi

Elektromobillarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda imtiyoz beriladi

2024-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan toʻlov stavkalari — elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov belgilanmoqda.

Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida toʻlov belgilanmoqda.