Yangiliklar

Oʻzbekistonda 2 oyda 53 367 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

Oʻzbekistonda 2 oyda 53 367 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda 53 367 ta yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  • Avtomobil benzini – 241,1 ming tonna
  • Koʻmir – 659 ming tonna
  • Neft – 118,5 ming tonna
  • Gaz kondensati – 214,7 ming tonna
  • Avtobus – 61 dona
  • Yuk avtomobillari – 466 dona
  • Avtomobil dvigatellari – 41 518 dona