Yangiliklar

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya vaziriga oʻrinbosar etib tayinlandi

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya vaziriga oʻrinbosar etib tayinlandi

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan. 

Maʼlumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. 

2018–2021-yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab kelgan.