Jahon

Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasini butunlay vayron qildi

Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasini butunlay vayron qildi

G‘azo sektoridagi eng yirik tibbiyot majmuasi 14 kun davomida Isroil qamalida edi. 14 kunlik qamaldan so‘ng, genotsidda ayblangan Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi eng yirik tibbiyot majmuasi – Al-Shifa kasalxonasi hududini burunlay vayron qildi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Al-Shifani tark etishdan oldin harbiylar tibbiyot majmuasining barcha binolarini yoqib yuborgan va uni butunlay ishdan chiqargan.

Guvohlarning xabar berishicha, Isroil kuchlari urologiya bo‘limi, tug‘ruqxona, o‘likxona, onkologiya va kuyish bo‘limlarini ham yoqib yuborgan, klinika binosini vayron qilgan. Shuningdek, armiya kasalxonadagi barcha tibbiy jihozlarni, shuningdek, operatsiya xonalari va reanimatsiya bo‘limlarini yo‘q qilgan.

Undan tashqari, Al-Shifa kasalxonasida va yaqin atrofdagi Omer al-Muxtor, Izzedine al-Qassam, Abu Hasir, Bekir va Habbush ko’chalarida o’ldirilgan o’nlab falastinliklarning jasadlari topilgan.

Harbiylar “Ash-Shifa” tibbiyot majmuasi hududida falastinliklar tomonidan yaratilgan vaqtinchalik qabristonni vayron qildi, jasadlarni qabrlardan olib chiqib, kasalxona atrofiga tarqatgan.

Falastin sog‘liqni saqlash sektori vakillari ham shifoxona butunlay ishdan chiqqanini va joriy davrda ishni qayta boshlash qiyin bo‘lishini tasdiqlagan.