Iqtisod

Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foizga kamaydi

Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foizga kamaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda Oʻzbekistondagi bolalarning monetar kambagʻalligi darajasini baholadi.

Tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambagʻallik darajasiga taʼsiri tahlil qilindi. Oʻzbekistonda uch yil ichida bolalar kambagʻalligi 7,8 foiz punktga kamaydi. Natijalarga koʻra, bolalar kambagʻalligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizgacha kamaydi.

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qishloq joylarda bolalarning kambagʻallik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi. Tadqiqot shuni koʻrsatganki, bolalar kambagʻalligi darajasi eng past boʻlgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri boʻlsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambagʻalligining nisbatan yuqori ekani qayd etilgan.

Hisob-kitoblarga koʻra, ijtimoiy nafaqalar boʻlmasa, mamlakatda bolalar kambagʻalligi darajasi 1,6 baravar oshadi.