Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 544 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
- savdo sohasida – 234 ta;
- sanoat sohasida – 84 ta;
- axborot va aloqa sohasida – 47 ta;
- qurilish sohasida – 39 ta;
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 ta;
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 15 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 12 ta;
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 6 ta;
- boshqa sohalarda – 79 ta.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!