Loyiha doirasida 20 maktab (19 tasi Samarqandda), 14 bog‘cha, 10 ta oilaviy shifokor punkti (barchasi Samarqandda) quriladi, 200 km ichimlik suvi, 368 kilometr elektr tarmog‘i tortiladi, 53 ta transformator o‘rnatiladi.
Qariyb 330 kilometr yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, buning uchun 717 milliard so‘m sarflanadi.