Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlim tomonidan DXX va tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Moʻminxoʻja” MFY hududidagi uyda yashovchi R.S. tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 587,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Jomboy tuman boʻlim tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.” fermer xoʻjaligini norasmiy boshqarib kelgan N.I. fermer xoʻjaligi suv nasosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 260,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Uchqoʻrgʻon tuman boʻlim tomonidan “Uchqoʻrgʻon tumangaz” GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “D.S.” MCHJ rahbari R.S. novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga ulab, jami 135,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!