Jamiyat

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida YTH sodir bo’ldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida YTH sodir bo’ldi

Kecha, 31-mart kuni soat 22:25 iar atrofida Chilonzor  tumanida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo’ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani Seul ko’chasida 2002-yilda tug’ilgan haydovchi M.G. boshqaruvida bo’lgan Cobalt rusumli avtomashina,
1994-yilda tug’ilgan haydovchi M.P. boshqaruvida bo’lgan Nexia 3 rusumli avtomashina hamda 1982-yilda tug’ilgan D.B. boshqaruvida bo’lgan Cobalt rusumli avtomashinalari ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashinasi haydovchisi M.G. va Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi M.P.lar tan jarohat olgani sababli shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.