Yangiliklar

Istanbuldagi yongʻinda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmaganini maʼlum qilindi

Istanbuldagi yongʻinda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmaganini maʼlum qilindi

2-aprel kuni soat 13:00 da Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosida yuz bergan yongʻinda 29 kishi halok boʻldi. Yongʻin binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir boʻlgan, klub Ramazon oyi munosabati bilan faoliyat yuritmayotgan boʻlib, taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilindi.  

Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan. 

Halok boʻlganlarning barchasi tungi klubni taʼmirlayotgan ishchilar boʻlgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.  

Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmagan.