Jamiyat

Rustam G’afurov Kitob tumaniga yangi hokim etib tayinlandi

Rustam G’afurov Kitob tumaniga yangi hokim etib tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga Rustam G‘afurov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bugun, 2-aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda deputatlar Rustam Abdirasulovich G‘afurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Rustam G‘afurov 1984-yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va millioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi bank akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.