Shahnoza Sultanova Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Nodira Umarova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifadan ozod qilindi.
Shahnoza Sultanova 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Koʻp yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator masʼuliyatli lavozimlarni egallab kelgan.
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!